Loyiha haqida
“Jamoatchilikda axborotga munosabat va informatsion immunitetni shakllantirishda media savodxonlikning o‘rnini oshirish” — ushbu loyiha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasining bitiruv malakaviy ishi sifatida ishlab chiqilgan. Loyihaning maqsadi insonlarda axborot savodxonligini shakllantirish va turli xil axborot hujumlariga qarshi immunitetni paydo qilishdan iborat. Foydalanuvchilarning yoshi va bilim darajasi inobatga olingan holda loyiha uchta kursdan tashkil topgan.
Birinchi kurs “Mediaga kirish” deb nomlanib, axborot savodxonligi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni beradigan o‘n beshta video darsdan iborat. Namuna sifatida uchta video dars tasvirga olingan. Foydalanuvchi keyingi qismda “Axborotni baholash” kursida axborotning tub mohiyatini aniqlash va to‘g‘ri baho berish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan bilimlarni oladi. Ushbu kurs ham o‘n beshta darsdan iborat bo‘lib, namuna sifatida uchta dars tasvirga olingan. Keyingi kurs axborot va matnlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Kurs “Jumlalar ortidagi yashirin ma’nolar” deb nomlanadi. Mavzular test topshiriqlari va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustahkamlanadi.
Maqsad
Axborot savodxonligini shakllantirish va axborot hujumlariga qarshi immunitetni mustahkamlash.
Homiylik
Platforma Toshkent Amerika Markazi homiyligida yaratildi va rivojlantirildi.